Главная » Yangiliklar » ​O`zbekistonda Peugeot va Citroen avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi
​O`zbekistonda Peugeot va Citroen avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi

​O`zbekistonda Peugeot va Citroen avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`zbekistonda Peugeot va Citroen avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi
  • Дата релиза: 16-05-17, 21:36
​O`zbekistonda Peugeot va Citroen avtomobillari ishlab chiqarila boshlaydi
“O`zavtosanoat” AK va Peugeot Citroen guruhi o`rtasida O`zbekistonda engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi qo`shma korxona barpo etish bo`yicha kelishuv imzolandi, deb yozadi “Daryo”.

Yangi zavod O`zbekistondagi «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida quriladi;

2019 yildan e`tiboran ichki va tashqi bozor uchun yiliga 16 000 ta engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqaruvchi O`zbekistondagi eksklyuziv korxonaning lisenziyasi;

Loyiha Peugeot Citroen guruhi va «O`zavtosanoat» AK tarkibidagi mahalliylashtirish dasturi bo`yicha ish olib boruvchi korxonalarning platforma va texnologiyalari asosida tashkil etiladi.

Yangi UzbekistanPeugeotCitroenAutomotive QK Peugeot Citroen guruhi va «O`zavtosanoat» AK tomonidan barpo qilinmoqda. Hujjatga ko`ra, yangi korxona «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida, Toshkendan 200 km uzoqlikdagi hududda quriladi. Zavod Peugeot va Citroen brendlari ostida yo`lovchi va yuk tashishga mo`ljallangan engil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi. Ustav kapitali 30 million evroga teng qo`shma korxona har ikki tomonning teng ulushi asosida faoliyat yuritadi. Loyiha bo`yicha umumiy investisiya qariyib 130 million evroga teng.

Peugeot Citroen guruhi yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini joriy qilishda va mutaxassislar malakasini oshirishda ko`mak ko`rsatadi. Zavod ishlab chiqarishni boshqarish, mahsulot sifati, etkazib berish va savdo masalalarida Peugeot Citroen’ning zamonaviy tizimi bo`yicha ish olib boradi. Shu bilan birga, avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqaruvchi mahalliy korxonalarni jalb qilish yo`li bilan birinchi yilning o`zidayoq yangi qo`shma korxonada 50 foiz mahalliy mahsulotlardan foydalanish ko`zda tutilgan. Bugungi kunda «O`zavtosanoat» AK tarkibida 30 ga yaqin yirik zavodlar va 160 dan ortiq o`rta va kichik korxonalar aynan mahalliylashtirish dasturi asosida ish olib boradi.

Qurilishi rejalashtirilayotgan qo`shma korxonada yiliga 16 000 ta avtomobil ishlab chiqariladi. Ularni yurtimizda, shuningdek, uzoq va yaqin xorij davlatlaridagi eksport bozorlarida sotish rejalashtirilmoqda.

«Engil tijorat avtomobillari segmenti O`zbekistonda o`zlashtirilmagan yagona transport vositasining turi edi, — deya ta`kidladi «O`zavtosanoat» AK boshqaruvi raisining o`rinbosari Rustam Yusupov. — Ushbu loyihaning tadbiq etilishi mahalliy avtomobil sanoati rivojida yana bir dadil qadam bo`ladi. Aholi bandligini ta`minlashga xizmat qiluvchi yangi qo`shma korxona O`zbekiston sanoatining yanada rivojlanishiga o`z hissasini qo`shadi.»

«Ushbu loyiha bizning 5 yillikka mo`ljallangan taraqqiyot Dasturimizga to`la mos keladi va bu Peugeot Citroen guruhi uchun engil tijorat avtomobillarining savdosini rivojlantirish va hududiy kengayish uchun yana bir katta imkoniyatdir. Biz qo`shma korxona tashkil etilishida asosiy faktor bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning shaxsan qo`llab-quvvatlashlarini hamda o`zbek hamkorlarimiz bilan konstruktiv muloqotni juda yuqori baholaymiz», — deya e`tirof etdi Peugeot Citroen guruhining vise-prezidenti Kristof Berjeran.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: