Главная » Yangiliklar » O`zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi
O`zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi

O`zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi
  • Дата релиза: 21-01-18, 22:38
O`zbekistonda qora guruchning yangi navi yaratildi
Toshkentlik tadqiqotchi tadbirkor Ravshan Asamitdinov bir necha yillik izlanishlari samarasida qariyb 0,7 gektarda tibet qora guruchini etishtirib, O`zbekiston sharoitida 500 kilogramm hosil oldi. Kombayndan foydalanganda sholining sifatiga salbiy ta`sir bo`lgani uchun sholini bandidan sifatli ajratadigan kulbola uskuna ham yasaldi, deb yozadi O`zA.

O`zbekistonda sholining oq, sarg`ish, qizg`ish rangda bo`lishiga ko`pchilik o`rganib qolgan. Dunyoda qora rangdagi guruch ham borligi va uning foydali jihatlari haqida hamma ham bilavermaydi.

Soha vakillarining ma`lum qilishlaricha, qora guruch antosianin (kuchli antioksidant), V vitamini, niasin, E vitamini, kalsiy, magniy, marganes, temir va ruxga boy bo`lib, qadimda faqatgina imperator dasturxoniga tortilgan. Pishirilganda siyohrangga kiruvchi bu guruchni iste`mol qilish oddiy xalqqa taqiqlangan.

Oqlanmasligi sababli, guruch o`zida barcha darmondorilarni saqlab qoladi. Shuning uchun ham xitoyliklar qora guruchni kamqonlik, ko`z kasalliklari, soch to`kilishi, organizm qarishining oldini olish uchun iste`mol qilishadi. Bundan tashqari, mazkur navda oddiy sholiga nisbatan ikki barobar ko`p oqsil va kletchatka bo`lib, immunitetni ko`tarish xususiyatiga ega. Olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko`ra, qora guruch parhezli mahsulotlar sirasiga kirib, u astmani keltirib chiqaruvchi bakteriyalarni nobud qiladi, turli xil teri kasalliklari, shishlar, allergiyaning oldini oladi, ichaklarni tozalaydi. Hattoki, saratonning ildizini kesadi degan mish-mishlar ham bor.

Eng quvonarlisi, tibet qora guruchi mahalliy oq guruch bilan changlanishi natijasida yangi guruch turi paydo bo`ldi.

- Uning 317 donasi 6 gramm bo`lib, hovlida ekib ko`paytirishda davom etayapmiz,-deydi tadbirkor Ravshan Asamitdinov.- Agar bu avlod ham qora rangini saqlab qolsa, patentga topshirmoqchimiz. Nomini xam o`ylab qo`ydim, "qora shahzoda" - "cherny prins".
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: