Главная » Yangiliklar » ​O`zbekistonda tabiiy gaz narxlari oshiriladi
​O`zbekistonda tabiiy gaz narxlari oshiriladi

​O`zbekistonda tabiiy gaz narxlari oshiriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`zbekistonda tabiiy gaz narxlari oshiriladi
  • Дата релиза: 01-07-17, 14:14
​O`zbekistonda tabiiy gaz narxlari oshiriladi
“O`ztransgaz” kompaniyasi 15 iyuldan e`tiboran aholiga etkazib beriladigan tabiiy gaz narxi oshishi haqida e`lon qildi.

Shu oyning yarmidan boshlab hisoblagich bor xonadonlarda gaz narxi 10 kubometr uchun 2 634 so`mni tashkil qildi (2461 so`m o`rniga, o`sish — 7%).

Hisoblagichi bo`lmagan xonadonlarda 10 kubometr gaz uchun to`lov 4559,9 so`mni tashkil qiladi (hozirgi 4225,9 so`m o`rniga, o`sish — 7,8%), issitish tizimi uchun — 2 112,45 so`m (1973,7 so`m o`rniga o`sish — 7%).

Bungacha kommunal xizmat narxlari 2016 yilning 1 oktyabridan oshirilgan edi.

Shuni ta`kidlash joizki, Prezidentning yangi qaroriga asosan 1 oktyabrdan hisoblagich o`rnatilmagan xonadonlardan ikki baravar narx to`lanishi haqidagi yangi tartib bekor qilindi hamda hisoblagich o`rnatish “O`ztransgaz” AKning shaxsiy mablag`lari hisobiga amalga oshirilishi belgilandi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: