Главная » Yangiliklar » ​O`zbekistondagi eng xaridorgir avtomobillar reytingi e`lon qilindi
​O`zbekistondagi eng xaridorgir avtomobillar reytingi e`lon qilindi

​O`zbekistondagi eng xaridorgir avtomobillar reytingi e`lon qilindi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`zbekistondagi eng xaridorgir avtomobillar reytingi e`lon qilindi
  • Дата релиза: 02-02-17, 22:28
​O`zbekistondagi eng xaridorgir avtomobillar reytingi e`lon qilindi
OLX e`lonlar servisining analitiklari 2016 yil statistikasini o`rganib chiqdi va qaysi avtomobil markalari ko`proq sotilganligini aniqladi.

Birinchi o`rinni so`zsiz Chevrolet markasi egalladi. O`zbekiston va qo`shni Qozog`iston xududida yig`iluvchi bu avtomobil markasiga internet orqali amalga oshirilgan barcha xaridlarning 56 foizi to`g`ri keldi. Bu marka avtomobillarining onlayn narxi bir necha ming dollardan boshlanadi, deb yozadi “Daryo.uz” nashri.

VAZ markasi uch marta pastroq ko`rsatkichni ko`rsatdi. VAZ markasiga OLX’da amalga oshirilgan barcha bitimlarning 16,5 foizi to`g`ri keldi. “Jiguli” narxi OLX’da bir necha million so`mdan boshlanadi. Uchinchi o`ringa Daewoo markasi sazovor bo`ldi. Janubiy Koreya brendi portaldagi har o`ninchi bitim predmeti bo`lgan.

O`zbekistonda xarid qilinadigan avtomobil markalarining Top-10 taligi:

1. Chevrolet

2. VAZ

3. Daewoo

4. Mercedes

5. GAZ

6. BMW

7. «Moskvich»

8. Hyundai

9. Toyota, Nissan

10. ZAZ

Eng xaridorgir modellar asosan Chevrolet markasiga tegishli bo`lgan. Reytingda birinchi o`rinda barcha bitimlarning 16,6 foizi bilan Spark modeli, 12,9% bilan Lacetti undan biroz ortda qolmoqda. 10,1 foizga Chevrolet Nexia erishgan, Chevrolet markasining yana bir modeli Matiz, Chevrolet Nexia’dan yarim foizgagina ortda qolgan. Cobalt hisobiga bitimlarning 7,4 foizi to`g`ri kelgan. Oltinchi o`rinda – 4,4% bilan Daewoo Matiz, undan keyin Chevrolet Captiva va Daewoo Nexia modellari, har ikkala model hisobiga barcha bitimlarning 3,9 foiz i to`g`ri kelgan. Bitimlarning 3 foizigina VAZ 2106 hisobiga, va bitimlarning salkam 40 foizi boshqa modellarga to`g`ri kelgan.

O`zbekistonda eng xaridorgir avtomobil modellar Top-10:

1. Chevrolet Spark

2. Chevrolet Lacetti

3. Chevrolet Nexia

4. Chevrolet Matiz

5. Chevrolet Cobalt

6. Daewoo Matiz

7. Chevrolet Captiva, Daewoo Nexia

8. VAZ 2106

9. Chevrolet Malibu

10. Chevrolet Epica
Логин:
Пароль: