Главная » Yangiliklar » O`zbekistondan chiqishga ruxsat olish uchun oylab kutishga to`g`ri keladi
O`zbekistondan chiqishga ruxsat olish uchun oylab kutishga to`g`ri keladi

O`zbekistondan chiqishga ruxsat olish uchun oylab kutishga to`g`ri keladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistondan chiqishga ruxsat olish uchun oylab kutishga to`g`ri keladi
  • Дата релиза: 15-01-18, 14:43
O`zbekistondan chiqishga ruxsat olish uchun oylab kutishga to`g`ri keladi
Bu kabi fikrlar 2018- yilgi Davlat dasturi loyihasining 27-bandi, ya`ni fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish bo`yicha fuqarolar qoldirayotgan izohlarda uchraydi. Loyihaning shu qismi eng ko`p muhokama qilinayotgan «propiska» masalasidan keyin 2-o`rinni zabt etib turibdi, deya xabar beradi O`zA.

Izohlarning ayrimlari bilan tanishsak.

Rustam Qosimjonov: Xorijga chiqish stikerini to`liq bekor qilish fuqarolarning konstitusiyaviy erkinligini ta`minlaydi. Chunki fuqarolarning davlat idoralarida kunlab vaqt yo`qotishi, mablag` sarflashi, davlat byudjetining ma`lum qismi bu keraksiz byurokratiyani amalga oshiruvchi davlat organlari faoliyatiga xarjlanishi davom etyapdi.

Shukrullo Abduvaliev: ID-karta joriy qilinishini to`g`ri echim, deb hisoblayman. Faqat bu kartaning foydalanish sohasini kengaytirish zarur. Masalan, avtomobil boshqarish ruxsatnomasi vazifasini ham shu ID-kartadagi tegishli yozuv bilan belgilansa yaxshi bo`lardi.

Shuhrat Mardonov: ID-kartalar muddati va unga beriladigan raqam muhim ahamiyatga ega. Hozir esa pasport almashtirilganda uning raqami ham almashadi. Xuddi bu raqam fuqaro uchun ahamiyatga ega emasdek. Bu esa fuqarolar ma`lumotlar bazasini tez-tez yangilab turishga olib keladi. Beriladigan karta qancha ko`p almashtirilmasin, raqamni almashtirmaslik kerak va beriladigan xorijga chiqish pasporti bilan integrasiyasini yo`lga qo`yish kerak, deb o`ylayman.

Rustam Boltaev: Mamlakatdan chiqishga ruxsat olish uchun oylab kutishga to`g`ri keladi. Shu bois biz ba`zida yillab vatanga, ota-onamiz va qarindoshlarimiz yoniga bora olmaymiz. Chunki ish joyimizdan oylab O`zbekistonda OVIRni kutib yurishimizga rozi bo`lmaydi. OVIRning hujjatbozligi esa odamni ezib yuboradi. Hujjat beruvchi amaldorlarning qosh-qovog`iga qarab, iltimos-iltijo qilib, eshigini tagida kunlab kutib, sarg`ayib yurish xalq sha`niga loyiq ish emas.

Adhamjon Tolakov: ID-kartani qo`llab-quvvatlayman. Lekin shu kartani iloji bo`lsa ko`tarib yuradigan variantdan tashqari elektron shaklda, masalan, telefon yoki planshetda ham olib yuradigan qilib yaratish kerak.

Sherzod Eraliev: OVIR stikerining bekor qilinishi O`zbekiston fuqarolari konstitusiyaviy huquqlarining qog`ozdamas, amalda ta`minlanishi tomon qo`yilgan juda jiddiy qaror bo`ladi.

J.Nematov: ID-karta tizimi juda to`g`ri. Yo`qolib qolsa ham tez tiklash mumkin. Plastik kartochkaga o`xshab.

Asqar Mirusmonov: Men bu taklif amalga oshishiga ishonmayman. Baribir ayrim idoralar o`z manfaatini ko`zlab bilganini qiladi.

Zafar Mamatov: Mening fikrimcha, ID-kartani davlat soliq organlari tomonidan beriladigan STIR bilan ham bog`lash kerak.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: