Главная » Yangiliklar » O`zbekistonlik futbolchi YTHda halok bo`ldi
O`zbekistonlik futbolchi YTHda halok bo`ldi

O`zbekistonlik futbolchi YTHda halok bo`ldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonlik futbolchi YTHda halok bo`ldi
  • Дата релиза: 05-04-17, 22:41
O`zbekistonlik futbolchi YTHda halok bo`ldi
Bugun ikki nafar samarqandlik futbolchi avtohalokatga uchradi, ulardan biri vafot etgan, biri og`ir ahvolda, deya xabar beradi Tribuna.uz nashri. O`zbekiston chempionati birinchi ligasida ishtirok etuvchi “G`allakor” jamoasining ikki nafar futbolchisi avariyaga uchragan. Bu haqda Usmon Ibodov o`z tvitterida yozib qoldirgan. “G`allakor” jamoasida to`p surayotgan samarqandlik futbolchilar Nurbek Safarov va Tehron avtohalokatga uchradi. Tehron vafot etdi, Nurbek koma holatida...”, - deb yozadi “Dinamo” FK matbuot kotibi. 4 aprel kuni birinchi liga 1-turi doirasidagi “G`allakor” – “Istiqlol” uchrashuvi bo`lib o`tgan va unda mehmonlar 1:0 hisobida g`alaba qozonishgandi. Ikki futbolchi shu o`yinni o`tkazib Samarqandga qaytayotgan bo`lgan. Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: