Главная » Yangiliklar » O`zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi
O`zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi

O`zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O`zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi
  • Дата релиза: 26-02-18, 20:13
O`zbekistonliklar mart oyida 12 kun dam oladi
O`zbekistonliklar Navro`z bayrami arafasida 5 kun, mart oyida esa jami 12 kun dam oladi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 dekabrdagi “2018 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi farmoniga muvofiq, Navro`z bayrami arafasida yurtdoshlarimiz 18, 19, 20, 21, 22 mart kunlari dam oladi, deb yozadi O`zA.

Prezidentning mazkur farmoni bilan qo`shimcha dam olish kunlari berilgan va ba`zi dam olish kunlari ko`chirilgan edi. Ya`ni, 20 mart qo`shimcha dam olish kuni sifatida berilib, 17 mart (shanba) 19 mart (dushanba)ga, 24 mart (shanba) 22 mart (payshanba)ga ko`chirilgan edi.

Dam olish kunlarining berilishida fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida to`liq dam olishi uchun qo`shimcha shart-sharoitlar yaratish va bayram kunlaridan oqilona foydalanish, shuningdek, ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsad qilingan.

Shunga muvofiq yurtdoshlarimiz 8 Mart bayramini ham hisobga olganda 12 kun dam oladi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu farmoni bilan mamlakatimiz fuqarolari Yangi yilda 5 kun dam olgan bo`lsa, Mustaqillik bayrami munosabati bilan ham shunday dam olishlar guvohi bo`lishadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: