Главная » Yangiliklar » ​O`zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi
​O`zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi

​O`zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi
  • Дата релиза: 05-05-17, 12:13
​O`zbekistonning ayrim hududlarida takroriy zilzila qayd etildi
“Toshkent” seysmostansiyasining bergan ma`lumotiga ko`ra, 2017 yilning 4 may kuni soat 16:10 da respublikamizning ayrim hududlarida takroriy (aftershok) zilzila qayd etildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligidan berilgan xabarga ko`ra, zilzilaning epimarkazi Toshkent shahrining janubiy-sharqiy yo`nalishida 260 km uzoqlikda Tojikiston Respublikasi hududiga to`g`ri keladi. Epimarkazda qayd etilgan zilzila magnitudasi M=5,2 ni tashkil etdi.

Respublika hududida seysmik faollik Farg`ona, Andijon, Namangan va Toshkentda 2 ballga yaqin bo`ldi.

Zilzila oqibatida jabrlanish va talofatlar kuzatilmadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: