Главная » Yangiliklar » ​O`ZBEKTELEKOM» AK NARHLARINI OShIRMASLIKKA QAROR QILDI
​O`ZBEKTELEKOM» AK NARHLARINI OShIRMASLIKKA QAROR QILDI

​O`ZBEKTELEKOM» AK NARHLARINI OShIRMASLIKKA QAROR QILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZBEKTELEKOM» AK NARHLARINI OShIRMASLIKKA QAROR QILDI
  • Дата релиза: 11-10-17, 14:02
​O`ZBEKTELEKOM» AK NARHLARINI OShIRMASLIKKA QAROR QILDI
«O`zbektelekom» AK 2017-yil 6-oktyabrda e`lon qilingan o`zgarishlar bekor qilinganligini ma`lum qildi, ya`ni ilgari tasdiqlangan, 2016-yil 1-iyulda kiritilgan «Telekommunikasiya universal xizmatlariga tariflarning cheklangan darajasi» 125-1/1-sonli preyskurant amal qilishda davom etadi.

«O`zbektelekom» - AK butun O`zbekiston Respublikasi hududini o`z tarmoqlari bilan qamrab olgan yirik telekommunikasiyalar operatoridir. Kompaniya quyidagi xizmatlarni ko`rsatadi: qayd etilgan va mobil aloqa operatorlari hamda provayderlariga kanallarni ijaraga berish bo`yicha xizmatlarni, xalqaro va shaharlararo aloqa xizmatlari, ovozli aloqa va ma`lumotlar uzatish xizmatining barcha turlarini, Internet tarmog`idan foydalanish, videokonferensaloqa xizmatlarini, CDMA va GSM standartida mobil aloqa xizmatlarini taqdim etadi, televizion va radioeshittirish dasturlarini uzatish uchun kanallar tashkil etadi. Kompaniyaning bozordagi xizmatlari to`rtta —UZTELECOM™, UZMOBILE™, UZONLINE™ va TELECOM TV™ savdo belgilari ostida ko`rsatiladi. Kompaniya tarkibida 22ta filial faoliyat yuritadi, ulardan 14 tasi mintaqaviy, 8 ta ixtisoslashtirilgan va 3 tasi sho`ba korxonasidir. Kompaniya xodimlarining soni 2016-yil oxiriga kelib, 15 ming nafarni tashkil etdi. «O`zbektelekom» AK Mobil va qayd etilgan, shaharlararo va xalqaro aloqa, ma`lumotlar uzatish va Internet xizmatlari ko`rsatuvchi sakkizta qo`shma korxonalarda o`z ulushiga ega.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: