Главная » Yangiliklar » ​O`ZINI XITOYLIK SAYYoH SIFATIDA TANIShTIRGAN FUQARO IPhone 4 TELEFONINI O`G`IRLAB KETDI
​O`ZINI XITOYLIK SAYYoH SIFATIDA TANIShTIRGAN FUQARO IPhone 4 TELEFONINI O`G`IRLAB KETDI

​O`ZINI XITOYLIK SAYYoH SIFATIDA TANIShTIRGAN FUQARO IPhone 4 TELEFONINI O`G`IRLAB KETDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​O`ZINI XITOYLIK SAYYoH SIFATIDA TANIShTIRGAN FUQARO IPhone 4 TELEFONINI O`G`IRLAB KETDI
  • Дата релиза: 03-08-17, 22:47
​O`ZINI XITOYLIK SAYYoH SIFATIDA TANIShTIRGAN FUQARO IPhone 4 TELEFONINI O`G`IRLAB KETDI
2017 yilning 29 iyul kuni taxminan soat 09:00larda, muqaddam sudlangan Abramatov Baymurat Soatmurotovich,Chilonzor tumani hududida, fuqaro Islamova Sayyora Nurmatovnaning ishonchiga kirib, o`zini Xitoy xalq respublikasi fuqarosi sifatida tanishtirib, undan pul evaziga tarjimonlik xizmati ko`rsatishni so`ragan.

Shundan so`ng uning telefonidan qung`iroq qilib olish bahonasida, aldov yo`li bilan S.N.Islamovaga tegishli bo`lgan «I Phone-4» rusumli uyali telefonini qo`lga kiritgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda..

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa ma`lumotlari o`zgartirilgan bo`lib, familiyasi va ismining har qanday o`xshashligi tasodifiy harakterga ega.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: