Главная » Yangiliklar » “O‘rgimchak odam” aktyorlaridan biri Bill Nann olamdan o‘tdi
“O‘rgimchak odam” aktyorlaridan biri Bill Nann olamdan o‘tdi

“O‘rgimchak odam” aktyorlaridan biri Bill Nann olamdan o‘tdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “O‘rgimchak odam” aktyorlaridan biri Bill Nann olamdan o‘tdi
  • Дата релиза: 25-09-16, 19:21
“O‘rgimchak odam” aktyorlaridan biri Bill Nann olamdan o‘tdi
Amerikalik kino va televideniye aktyori Bill Nann 24-sentabr, shanba kuni o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Pittsburg shahrida 63 yoshida vafot etdi. Bu haqda rejissor Spayk Li ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”. Aktyor o‘z uyida olamdan o‘tdi. Uning o‘limi sabablari hozircha ma’lum emas. Nann AQShda 60 dan ortiq filmlarda o‘ynagan kichik rollari bilan tanilgandi. Ular orasida “O‘rgimchak odam”, “Singlim, harakat qil”, “Pullik poyezd”, “Keskin choralar” kabi filmlar, shuningdek, politsiyachilar haqidagi ko‘plab teleseriallarni sanab o‘tish mumkin. Nom qozonganiga qaramay, Bill nufuzli kino yoki telemukofotlarni qo‘lga kiritmagandi.
Логин:
Пароль: