Главная » Yangiliklar » O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari Bugun 16-avgust kuni e’lon qilinadi
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari Bugun 16-avgust kuni e’lon qilinadi

O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari Bugun 16-avgust kuni e’lon qilinadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari Bugun 16-avgust kuni e’lon qilinadi
  • Дата релиза: 16-08-14, 01:31
O‘zbekiston OTMlariga kirish imtihoni natijalari Bugun 16-avgust kuni e’lon qilinadi

O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihoni natijalari 16-avgust, shanba kuni e’lon qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tarqatilgan
 e’londa xabar qilindi.

 E’longa ko‘ra, Oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihoni natijalari “16-avgust, shanba kuni soat 9:00 dan boshlab
 e’lon qilinadi”. Test natijalarini O‘zbekistondagi mobil aloqa operatorlari joriy qilgan SMS xizmatlari yordamida ham bilish mumkin bo‘ladi, deyiladi komissiya e’lonida. Eslatib o‘tamiz, joriy yilda OTMlarga kirish imtihonlarini topshirgan abituriyentlar test natijalarini onlayn plastik kartochkalariga ulangan Click xizmati orqali ham bilib olishi mumkin. Shuningdek, DTM saytida berilgan xabarga ko‘ra, test natijalarini 5100 raqamiga SMS yuborish orqali ham bilish mumkin. Mazkur xizmat faqat Ucell kompaniyasi abonentlari uchun amal qiladi. Bitta chiquvchi SMS narxi — 75 sent. Fursatdan foydalanib,
 abituriyentlarga omad tilaymiz!
 Barcha abituriyentlarni talaba
 bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Логин:
Пароль: