Главная » Yangiliklar » O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishi butun mintaqa uchun xavfli ekanini ta’kidladi
O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishi butun mintaqa uchun xavfli ekanini ta’kidladi

O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishi butun mintaqa uchun xavfli ekanini ta’kidladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishi butun mintaqa uchun xavfli ekanini ta’kidladi
  • Дата релиза: 04-08-14, 21:48
O‘zbekiston Rog‘un GESi qurilishi butun mintaqa uchun xavfli ekanini ta’kidladi
O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri birinchi o‘rinbosari, moliya vaziri Rustam Azimov Olma-Otada bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlarining hukumat vakillari uchrashuvida Rog‘un GESini qurish loyihasini amalga oshirish iloji yo‘q ekanidan darak beruvchi qator omillarni sanab o‘tdi. Bu haqda Anons.uz xabar berdi.

Avvalambor, u loyiha hujjatlari xalqaro xavfsizlik standartlariga mos kelmasligini va texnik ekspertiza shartlariga rioya qilmasligini aytdi.

Bundan tashqari, Rustam Azimov loyihaning 44 yil avval ishlab chiqilgani, bugungi kungacha u texnik yondashuvlar va qurilish me’yorlari bo‘yicha eskirib qolganini ta’kidladi.

O‘z nutqida Azimov loyihaning yuqori riskliligini ham tilga oldi. “GES qurilishi uchun tez-tez zilzila bo‘lib turadigan joy tanlangani konsultantlar hisobotlarida ham tasdiqlandi”, — dedi u.

Shuningdek, loyihaga qarshi chiquvchi boshqa bir qator omillarga ham to‘xtalib o‘tildi. O‘z nutqiga yakun yasar ekan, Rustam Azimov : “O‘zbekiston Respublikasi hech qanday holatda ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlamaydi”, — dedi.
Логин:
Пароль: