Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonda 3—9-iyul kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda 3—9-iyul kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 3—9-iyul kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonda 3—9-iyul kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
  • Дата релиза: 03-07-17, 13:24
O‘zbekistonda 3—9-iyul kunlari harorat 45 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda
3— 9-iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 4—6 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat +38…+43 darajaga qadar isiydi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa harorat +44…+45 darajagacha ko‘tariladi, garmsel ehtimoli bor.

Havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan 3— 9-iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘ hududlarida Tojikiston hamda Qirg‘izistondagi muzlarning erishidan hosil bo‘lgan sel oqimlari kuzatilishi mumkin.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: