Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi 31 mlrd so‘m daromad keltirdi
O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi 31 mlrd so‘m daromad keltirdi

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi 31 mlrd so‘m daromad keltirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi 31 mlrd so‘m daromad keltirdi
  • Дата релиза: 03-03-18, 12:45
O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi 31 mlrd so‘m daromad keltirdi
O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvidan 2017-yil oxiriga qadar davlat budjetiga 31 milliard so‘mdan oshiq mablag‘ kelib tushdi. Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida IIV yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

“Chiroyli” avtoraqamlarini sotish bo‘yicha yangicha tizim o‘tgan yil sentabr oyida O‘zbekiston tovar-xomashyo birjasi portali orqali yo‘lga qo‘yildi. O‘tgan vaqt mobaynida 1780 dan ortiq mashina davlat raqami xaridorini topdi.

Eng faol xaridorlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan bo‘lgani bildirilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida ham onlayn-auksionlar o‘tkazildi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: