Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonda Coca-Cola zavodi qayta ishga tushadi — OAV
O‘zbekistonda Coca-Cola zavodi qayta ishga tushadi — OAV

O‘zbekistonda Coca-Cola zavodi qayta ishga tushadi — OAV

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonda Coca-Cola zavodi qayta ishga tushadi — OAV
  • Дата релиза: 13-07-14, 01:56
O‘zbekistonda Coca-Cola zavodi qayta ishga tushadi — OAV
Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD kompaniyasining vakili Anhor jurnalistiga bergan intervyusi davomida kompaniya tez orada qayta faoliyat boshlashni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan.

“Faoliyatning aniq qachondan boshlab qayta ishga tushirilishini va qachondan ichimlikni idishlarga quyish jarayoni boshlanishini aniq ayta olmaymiz, lekin bu tez orada sodir bo‘ladi”, — dedi kompaniya vakili.

Ma’lumot uchun, Coca-Cola zavodi 2014-yilning boshida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani tufayli yopilgan edi.

2014-yil mart oyida Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTDning 57,12 foizdan iborat davlat hissasi O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi qoshidagi Davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha markazga topshirilgan.

Zavod bir qancha vaqt muqaddam ichimlik ishlab chiqarishni to‘xtatgan bo‘lib, savdo do‘konlarida turgan maxsulot 2013-yilning oxirlarida ishlab chiqarilgan. Buni mahsulotning etiketkasidagi ishlab chiqarilgan sanasidan bilish mumkin. Shuningdek, bozorlarda Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan Coca-Cola ham bo‘lib, u O‘zbekiston zavodida chiqarilgan ichimlikdan ta’mi va sifati bo‘yicha farq qiladi.
Логин:
Пароль: