Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonda uch kunlik salqindan so‘ng havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda
O‘zbekistonda uch kunlik salqindan so‘ng havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda uch kunlik salqindan so‘ng havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonda uch kunlik salqindan so‘ng havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda
  • Дата релиза: 16-08-14, 01:30
O‘zbekistonda uch kunlik salqindan so‘ng havo harorati ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
 Mahkamasi qoshidagi
 Gidrometeorologiya xizmati
 markazi 17—20-avgust kunlari
 uchun ob-havo ma’lumotlarini
 taqdim etdi. Bashorat markazning rasmiy saytida berildi.

 Unga ko‘ra, respublikaning deyarli barcha viloyatlari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida
 ham havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi
 joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7—12 m/s tezlikda esadi.

 Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati da harorat 17—18- avgustda kechasi 15—20 daraja, kunduzi 30—35 daraja; 19—20-avgustda kechasi 19—24 daraja, kunduzi 35—40 daraja issiq bo‘ladi.

 Buxoro va Navoiy viloyatlari da harorat 17-avgustda kechasi 15—20 daraja, kunduzi 30—35 daraja bo‘ladi. 18—20-avgustda kechasi 20—25 daraja va kunduzi 35—40
 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

 Toshkent, Samarqand, Jizzax va
 Sirdaryo viloyatlari da harorat 17-avgustda kechasi 14—19 daraja, kunduzi 29—34 daraja; 18 —20-avgustda kechasi 16—21 daraja, kunduzi 34—39 daraja bo‘ladi.

 Qashqadaryo va Surxondaryo
 viloyatlari da harorat 17-avgustda kechasi 15—20 daraja, kunduzi 30
 —35 daraja issiq bo‘ladi. 18—20-
 avgustda kechasi 20—25 va kunduzi 35—40 darajagacha
 ko‘tariladi.

 Andijon, Namangan va Farg‘ona
 viloyatlari da shamol sharqdan 5 —10 m/s tezlikda esadi. Harorat
 kechasi 17—19-avgustda 14—19
 daraja, 20-avgustda 16—21
 daraja; kunduzi 17—18-avgust 29
 —34 daraja, 19—20-avgust kuni
 33—38 daraja issiq bo‘ladi.

 Respublikaning tog‘li
 hududlarida harorat kechasi 17— 18-avgustda 10—15 daraja, 19—
 20-avgustda 14—19 daraja;
 kunduzi 17-avgustda 17—22
 daraja, 18—20-avgustda 20—25
 daraja bo‘ladi.

Логин:
Пароль: