Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi
O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi
  • Дата релиза: 19-06-16, 13:06
O‘zbekistonlik Daler Yusuf Malayziya seriali yulduziga aylandi
Malayziyada muvaffaqiyatli ravishda modellik karyerasini olib borayotgan o‘zbekistonlik Daler Yusuf (Hamroqulov) HyppTv telekanalida “Lip-Lap qirolligi” serialida bosh rolni ijro etmoqda. Bu haqda My Day ma’lum qildi. O‘tgan yili Dalerga Malayziya televideniyesidagi sitkomda ishtirok etish taklif etildi, shundan so‘ng u mazkur serialga chaqirildi. Unda onasi vafotidan so‘ng oilasini axtarib O‘zbekitondan Malayziyaga yo‘l olgan Adam ismli yigit haqida hikoya qilinadi. Daler O‘zbekiston, Singapur, Filippin, Indoneziya, Tailand, Malayziyada model biznesi bilan shug‘ullangan, BlackBerry, Burger King va Samsung kabi brendlar reklama kampaniyalarida qatnashgan. 19 yoshida O‘zbekistonni tark etgan Daler intervyularidan birida onasining urug‘-aymoqlari Malayziyadan ekanligini bildirgandi. Daler malay tilini mustaqil o‘rgana boshlagan, 2015-yili esa Unisel universitetiga o‘qishga kirgan. U serialda suratga tushish ishlari yakunlangach Gretsiya, Santorini va Buyuk Britaniyaga yangi loyihalarda ishtirok etish uchun jo‘nab ketish niyatida.
Логин:
Пароль: