Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi
O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi

O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi
  • Дата релиза: 28-12-17, 19:35
O‘zbekistonliklar Yangi yilda ketma-ket besh kun dam oladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28-dekabr kuni “Rasmiy sanalarni bayram qilish davrida qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash va 2018-yilda dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Farmonga muvofiq, 2018-yilda Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni davlat bayramlariga to‘g‘ri kelgan qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar qonunchilikda belgilanmoqda, shuningdek, ayrim dam olish kunlarini ushbu bayram sanalariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga ko‘chirilishi amalga oshirilmoqda.

Natijada 2018-yilda bayram kunlarida uzluksiz dam olish davomiyligi qo‘shimcha ishlamaydigan kunlarni belgilash va ayrim dam olish kunlarni ko‘chirish orqali ta’minlanadi:

Yangi yil bayramida — 5 kalendar kuni (2017-yilning 30 va 31-dekabrlari — taqvim bo‘yicha dam olish kunlari, 2018-yilning 1-yanvari — bayram munosabati bilan dam olish kuni, 2018-yilning 2-yanvari — qo‘shimcha dam olish kuni, 2018-yilning 3-yanvari — 6-yanvardan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Navo‘z bayramida — 5 kalendar kuni (2018-yil 18-mart — taqvim bo‘yicha dam olish kuni, 19-mart — 17-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni, 20-mart — qo‘shimcha dam olish kuni, 21-mart — bayram munosabati bilan dam olish kuni, 22-mart — 24-martdan ko‘chirilgan dam olish kuni);

Mustaqillik kuni bayramida — 5 kalendar kuni (2018-yil 31-avgust — qo‘shimcha dam olish kuni, 1-sentabr — bayram munosabati bilan dam olish kuni, 2-sentabr — taqvim bo‘yicha dam olish kuni, 3-sentabr — 15-sentabr, shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 4-sentabr — 8-sentabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni).

Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik kuni bayram kunlariga qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar belgilanishi mehnat ta’tili davomiyligi uch ish kuniga qisqartirilishi hisobiga qoplanishi ko‘zda tutilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: