Главная » Yangiliklar » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2-aprel kuni qor yog‘ishi kutilmoqda
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2-aprel kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2-aprel kuni qor yog‘ishi kutilmoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2-aprel kuni qor yog‘ishi kutilmoqda
  • Дата релиза: 26-03-17, 23:24
O‘zbekistonning ayrim hududlarida 2-aprel kuni qor yog‘ishi kutilmoqda
26—27-mart va 30—31-mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Shu kunlari shamol tezligi soniyasiga 15—20 metr bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi, qor ko‘chishi xavfi mavjud.

1—4-aprel kunlari respublikada ob-havo keskin o‘zgarishi kutilmoqda. Shu kunlarda shamol tezligi soniyasiga 17—22 metr bo‘lishi, yomg‘ir yog‘ishi, 2-aprel kuni esa ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.

2—4-aprel kunlari tunda 1—3 daraja sovuq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: