Главная » Yangiliklar » OAV: GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari 1-iyundan boshlab so‘mda sotiladi
OAV: GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari 1-iyundan boshlab so‘mda sotiladi

OAV: GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari 1-iyundan boshlab so‘mda sotiladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: OAV: GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari 1-iyundan boshlab so‘mda sotiladi
  • Дата релиза: 27-05-17, 22:08
OAV: GM Uzbekistan’ning barcha avtomobillari 1-iyundan boshlab so‘mda sotiladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni GM Uzbekistan’da ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, deya xabar bermoqda “Novosti Uzbekistana”.

Qarorda qayd etilishicha, GM Uzbekistan’ning barcha turdagi yengil avtomobillarini 1-iyundan boshlab milliy valyuta — so‘mda sotish bo‘yicha taklif Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zavtosanoat” kompaniyasi tomonidan berilgan va bu taklif Prezident tomonidan ma’qullangan.

Prezident qaroriga ko‘ra, 2017-yil 1-iyungacha bo‘lgan muddatda tuzilgan barcha shartnomalar avvalgi tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.

“Qaror ijrosi uchun bosh vazir Abdulla Aripov mas’ul etib belgilangan”, — deyiladi “REDNews.uz” xabarida.

Ma’lumot uchun, hozirgi vaqtda GM Uzbekistan avtomobillarining ba’zi modifikatsiyalari milliy valyuta — so‘mga, ba’zilari esa xalqaro to‘lov kartasidan amalga oshiriladigan to‘lov (AQSh dollari) evaziga sotiladi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: