Главная » Yangiliklar » ​OAV: OILAVIY JUFTLIK AMAZON INTERNET-DO`KONINI MILLION DOLLARGA ALDADI
​OAV: OILAVIY JUFTLIK AMAZON INTERNET-DO`KONINI MILLION DOLLARGA ALDADI

​OAV: OILAVIY JUFTLIK AMAZON INTERNET-DO`KONINI MILLION DOLLARGA ALDADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​OAV: OILAVIY JUFTLIK AMAZON INTERNET-DO`KONINI MILLION DOLLARGA ALDADI
  • Дата релиза: 03-10-17, 21:44
​OAV: OILAVIY JUFTLIK AMAZON INTERNET-DO`KONINI MILLION DOLLARGA ALDADI
Indianada yashovchi oilaviy juftlik Amazon internet-do`konni 1,2 million dollarga aldaganini tan oldi. Bu haqda The Star Press nashri xabar berdi.

Erin va Liya Finan bu ishda buzilgan mahsulotni qaytarish yo`lidan foydalandi. Amazon qoidalariga ko`ra, nuqsoni bor yoki singan xaridni almashtirish uchun qaytarish shart emas. Ular yuzlab soxta akkaunt ro`yxatdan o`tkazib, ular orqali elektronika buyurtma qilaverishdi, gadjetni qo`lga kiritgach esa mahsulotni almashtirib berishni talab qildi.

Shu yo`l bilan ikkinchi smartfon, kamera yoki boshqa uskunani qo`lga kiritib, ular nuqsonli mahsulotni qaytarishga shoshilishmadi. Internet-do`kon vakillari ham ulardan buni talab qilishmadi.

Qo`lga kiritilgan elektronikani ular dallollar orqali bozordan past narxga sotaverib, bu yo`l bilan 1,2 million dollar ishlab olishdi.

Endi Erina va Liya Finanga 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: