Главная » Yangiliklar » ODAM SAVDOSI BILAN ShUG`ULLANGAN 216 NAFAR ShAXSNING JINOIY QILMIShLARIGA ChEK QO`YILDI
ODAM SAVDOSI BILAN ShUG`ULLANGAN 216 NAFAR ShAXSNING JINOIY QILMIShLARIGA ChEK QO`YILDI

ODAM SAVDOSI BILAN ShUG`ULLANGAN 216 NAFAR ShAXSNING JINOIY QILMIShLARIGA ChEK QO`YILDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ODAM SAVDOSI BILAN ShUG`ULLANGAN 216 NAFAR ShAXSNING JINOIY QILMIShLARIGA ChEK QO`YILDI
  • Дата релиза: 14-11-17, 09:13
ODAM SAVDOSI BILAN ShUG`ULLANGAN 216 NAFAR ShAXSNING JINOIY QILMIShLARIGA ChEK QO`YILDI
Milliy matbuot markazida Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan “Noqonuniy migrasiya va odam savdosiga qarshi kurash” mavzuida brifing tashkil etildi.

Ta`kidlanganidek, o`tgan yil va joriy yilning birinchi yarmida MXX organlari tomonidan O`zbekiston fuqarolarini noqonuniy mehnat va jinsiy ekspluatasiyaga jalb qilish maqsadida chet elga chiqarish bilan shug`ullangan 216 nafar shaxsning jinoiy qilmishlariga chek qo`yildi va ularga nisbatan tegishli choralar ko`rildi.

Ba`zi hollarda uyushgan jinoiy guruhlar avval xorijga chiqqan va deportasiya qilingan shaxslarning biografik ma`lumotlarini turli yo`llar bilan o`zgartirmoqda. Odamlarni guruh holida emas, alohida olib chiqish amaliyoti kengayayotir. Bundan tashqari, jinoiy guruhlar o`z qurbonlarini avvaliga vizasiz tartib amal qilyotgan davlatga, u erdan esa o`zlari ko`zlagan manzilga etkazadi. Qalbaki viza va taklifnomalarni rasmiylashtirib berayotgan turistik firmalar xizmatidan ham keng foydalanilmoqda.

Tadbirda noqonuniy migrasiya va odam savdosining barcha ko`rinishiga qarshi olib borilayotgan targ`ibot-tushuntirish ishlari xususida batafsil so`z yuritildi. Jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari, huquq-tartibot organlari xodimlari hamkorligida mahallalar, ta`lim muassasalari hamda korxona va tashkilotlarda uchrashuvlar o`tkazilib, odam savdosi oqibatlari batafsil tushuntirilmoqda. Negaki, hushyor va ogoh inson hech qachon bunday illatlarning qurboniga aylanib qolmaydi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: