Главная » Yangiliklar » ODAMLARNI KOREYaGA IShGA JO`NATMOQChI BO`LGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI
ODAMLARNI KOREYaGA IShGA JO`NATMOQChI BO`LGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI

ODAMLARNI KOREYaGA IShGA JO`NATMOQChI BO`LGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ODAMLARNI KOREYaGA IShGA JO`NATMOQChI BO`LGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI
  • Дата релиза: 06-10-17, 21:36
ODAMLARNI KOREYaGA IShGA JO`NATMOQChI BO`LGAN FIRIBGAR QO`LGA OLINDI
2017 yilning 29 iyul kuni, muqaddam sudlangan Musinova Ozoda Tolibovna, o`zganing mulkini aldov va ishonchini suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish maqsadida, Mirobod tumani hududida, fuqaro Azimov Muminjon Maksudovichning ishonchiga kirib, uni Koreya Respublikasiga ishlashga yuborishni va`da qilib, 1.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan, Mirobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik, ya`ni o`zganing mulkini aldash va ishonchni suiiste`mol qilish yo`li bilan qo`lga kiritish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va O.T.Musinovani ushlash choralari ko`rilgan, deb xabar beradi ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati.

Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o`tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, O.T.Musinova aniqlangan va ushlangan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: