Главная » Yangiliklar » “Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi
“Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi

“Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: “Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi
  • Дата релиза: 24-02-16, 22:49
“Odnoklassniki” Smart TV uchun dastur chiqardi
“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i Smart TV uchun dastur ishlab chiqardi, uni foydalanuvchilar Samsung televizorlarining ushbu funksiyaga ega barcha modellariga o‘rnata oladi. “OK Video” deb nomlanuvchi dastur ijtimoiy tarmoqda ro‘yxatdan o‘tishni talab qilmaydi hamda butun dunyo bo‘ylab Samsung Smart TV dasturlari do‘konida mavjud. Kelajakda “Odnoklassniki” boshqa televizor ishlab chiqaruvchilari platformasiga mos tushadigan dasturni ham chiqarishni rejalashtirmoqda. Dasturda blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan yuklangan videoroliklarni ham, hamkorlar taqdim etadigan professional kontent — kino, serial, multfilmlarni ham, shuningdek, telekanallar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlari va “Odnoklassniki”dagi guruhlar o‘tkazadigan onlayn-translyatsiyalarni ham tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Dasturda barcha kontent tomoshabinlarga bepul va reklamasiz ravishda taqdim etiladi. “OK Video”da birinchi bo‘lib “RBK”, “Dojd”, LifeNews, “Mir” va “360 Podmoskovye” telekanallari ko‘rsata boshlaydi. Boshlang‘ich sahifaga eng ommabop kanallar va videoroliklar, shu jumladan, blogerlar kanallari, shou va teledasturlar, seriallar, hajviy videolar, pazandalik dasturlari, shuningdek, TV-kanallar bevosita efirlari joylanadi. Dasturda “Haftaning top videolari”, “Yangi videolar”, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir”, “Videoblogerlar”, “Seriallar” va boshqa bo‘limlar bo‘yicha qidiruv uchun menyu mavjud bo‘ladi. Roliklarni tomosha qilish vaqtida tomoshabin tezlashtirib o‘tkazish, keyingi rolikka o‘tkazish va video sifatini o‘zgartirish kabi standart funksiyalardan foydalanishi mumkin. Video sifatining maksimal darajasi — Ultra HD (4K). Shu bilan birga, dastur avtomatik ravishda internet tezligi va TV-ekran hajmidan kelib chiqib, ko‘rish uchun optimal sifatni o‘rnatadi. Reklama huquqi asosida
Логин:
Пароль: