Главная » Yangiliklar » Oktabrda ko‘zning rangdor pardasi skaneriga ega iPhone 8 sotuvga chiqariladi
Oktabrda ko‘zning rangdor pardasi skaneriga ega iPhone 8 sotuvga chiqariladi

Oktabrda ko‘zning rangdor pardasi skaneriga ega iPhone 8 sotuvga chiqariladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Oktabrda ko‘zning rangdor pardasi skaneriga ega iPhone 8 sotuvga chiqariladi
  • Дата релиза: 27-07-17, 22:01
Oktabrda ko‘zning rangdor pardasi skaneriga ega iPhone 8 sotuvga chiqariladi
Bo‘lajak iPhone 8 shu yilning oktabr oyida yoki noyabr oyining boshida sotuvga chiqariladi. Bu haqda, Yaponiyaning Mac Otakara resursiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Smartfon anonsi iPhone 7s va 7s Plus bilan bir paytda — sentabrda berilishi kutilmoqda.

Sotuvlarning ortga surilishi ishlab chiqarishdagi qiyinchiliklar bilan bog‘liqligi taxmin qilinmoqda, negaki uskuna katta redizaynga uchrashi kutilmoqda. Apple kompaniyasi birinchi iPhone chiqqanining o‘n yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, Apple’ning bo‘lajak flagmani OLED-displeyga, ko‘z rangdor pardasi va barmoq izlari skaneriga, shuningdek, vertikalnuyu qo‘shkameraga ega bo‘ladi. Displey diagonali 5,8 dyuymni tashkil etadi.

iPhone 8 taxminan ming dollar narxda sotilishi aytilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: