Главная » Yangiliklar » Olimlar 20 yildan buyon Yer osti gumburlashi sababini tushuna olmayapti
Olimlar 20 yildan buyon Yer osti gumburlashi sababini tushuna olmayapti

Olimlar 20 yildan buyon Yer osti gumburlashi sababini tushuna olmayapti

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar 20 yildan buyon Yer osti gumburlashi sababini tushuna olmayapti
  • Дата релиза: 12-12-17, 09:26
Olimlar 20 yildan buyon Yer osti gumburlashi sababini tushuna olmayapti
Fransiya, Germaniya va Britaniya geofiziklari 20 yildan buyon Yer gumburlashini — okean tubi tebranishlari chog‘ida yuzaga keladigan akustik anomaliyalarni tushuntirib bera olmayapti, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Daily Mail qayd etishicha, olimlar Hind okeanining 4540 va 4260 metr chuqurlikdagi ikkita nuqtasida 2,9—4,5 milligers chastotali tebranishlarni qayd etdi. Gumburlashlar hatto eng past seysmik faollikda ham kuzatildi va inson qulog‘i sezgirlik chegarasidan o‘n ming marta past bo‘ldi.

Yer osti gumburlashi birinchi marta 1998-yilda qayd etilgan. Ushbu hodisa tabiati haligacha geofiziklarga tushunarli emas, ammo ularda voqeani tushuntirib beruvchi bir nechta gipoteza bor. Ular orasida — atmosfera va yer qobig‘i o‘rtasidagi akustik rezonans yoki yer qobig‘ining okean to‘lqinlari bilan o‘zaro ta’siri ham bor.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: