Главная » Yangiliklar » Olimlar AQShni dunyodagi eng “semiz” mamlakat deb topdi
Olimlar AQShni dunyodagi eng “semiz” mamlakat deb topdi

Olimlar AQShni dunyodagi eng “semiz” mamlakat deb topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar AQShni dunyodagi eng “semiz” mamlakat deb topdi
  • Дата релиза: 13-06-17, 21:35
Olimlar AQShni dunyodagi eng “semiz” mamlakat deb topdi
Semiz odamlar soni bo‘yicha yetakchi mamlakat deb AQSh e’tirof etildi, deb yozadi “RIA Novosti”. Bu haqda olimlar ortiqcha vaznli odamlarni global tarzda “ro‘yxatga olish” yakunlariga tayanib ma’lum qildi.

“Ularda yurak kasalliklari, saraton, diabet va boshqa xastaliklar rivojlanish xavfi kamaymayapti, balki o‘syapti. Bu epidemiyani to‘xtatish kerak”, — dedi Sietldagi Vashington universiteti olimi Kristofer Myurrey.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, semizlikdan Yer aholisining taxminan uchdan bir qismi azob chekadi. Buyuk Britaniyada va Yaqin Sharq mamlakatlarida esa aholining yarmidan ko‘pi ortiqcha vaznga ega.

Har yili qariyb to‘rt million kishi (kattalar va bolalar) vazn bilan bog‘liq muammolar va shu sababli kelib chiqqan kasalliklar tufayli vafot etadi.

Semiz odamlar Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda eng kam uchraydi. Hindiston va Xitoyda o‘z vaznini me’yorida tutishadi. Bu borada yetakchilar esa Bangladesh va Vyetnamdir, u yerda aholining 1 foizigina semizlikdan azob chekadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: