Главная » Yangiliklar » Olimlar Janubiy Koreya aholisi 2750-yilgacha yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi
Olimlar Janubiy Koreya aholisi 2750-yilgacha yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi

Olimlar Janubiy Koreya aholisi 2750-yilgacha yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar Janubiy Koreya aholisi 2750-yilgacha yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi
  • Дата релиза: 27-08-14, 22:39
Olimlar Janubiy Koreya aholisi 2750-yilgacha yo‘q bo‘lib ketishini taxmin qildi

Janubiy Koreya aholisi tug‘ilish darajasining pastligi tufayli 2750-yilga kelib yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, deya xabar berdi “Segodnya” Janubiy Koreya Milliy assambleyasi tadqiqot xizmati prognoziga tayanib.

 Ekspertlarning eslatishicha, bugungi kunda Janubiy Koreyada 50 million kishi yashaydi. 2013-yilda har bir ayol uchun tug‘ilish koeffitsiyenti 1,19 bolani tashkil etgan. Bunday tendensiya davom etadigan bo‘lsa, 2136-yilga kelib, mamlakat aholisi soni 10 million kishigacha kamayib ketadi, 2750-yilgacha esa Janubiy Koreya umuman yo‘q bo‘lib ketishi mumkin, deya ogohlantirdi mutaxassislar.

 Nashrning ta’kidlashicha, 2006-yildayoq Oksford universiteti olimi Devid Koulman Janubiy Koreya mamlakatda tug‘ilish kamligidan dunyoda aholisi qirilib ketgan birinchi mamlakatga aylanishi mumkinligini bashorat qilgan edi.

Логин:
Пароль: