Главная » Yangiliklar » Olimlar millionlab gektar “yo‘qolgan” o‘rmonlarni topdi
Olimlar millionlab gektar “yo‘qolgan” o‘rmonlarni topdi

Olimlar millionlab gektar “yo‘qolgan” o‘rmonlarni topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar millionlab gektar “yo‘qolgan” o‘rmonlarni topdi
  • Дата релиза: 16-05-17, 11:49
Olimlar millionlab gektar “yo‘qolgan” o‘rmonlarni topdi
Qurg‘oqchil yerlarning geodeziya syomkasi Yerda avval hisoblanganidan ancha ko‘proq daraxtlar o‘sishini ko‘rsatdi, deb yozadi National Geographic. Avvalgi raqamlar endi 9 foizga o‘zgartirilishi kerak.

Adelaida universiteti biologlari qurg‘oqchil hududlar tasvirlarini tahlil qilar ekan, kutilmagan joylarda: Afrikada Saxaradan janubda, Hindistonning markaziy qismida, Avstraliya qirg‘oqlarida va O‘rtayer dengizining issiq hududlarida o‘rmon maydonlari borligini payqab qoldi.

“Yangi” o‘rmonlar uzoq vaqtlar davomida noma’lum bo‘lib qolishiga ularning zichligi past ekanligi sababchidir: suv kam bo‘lgan yerlarda daraxtlar tarqoq holatda o‘sadi. Umumiy hisobda qurg‘oqchil hududlar oldingi ma’lumotlar ko‘rsatganidan 45 foizga ko‘proq o‘rmonlar bilan qoplangan.

Butun sayyora ko‘lamida esa bu uning yuzasida avval hisoblanganidan ko‘ra 9 foizga ko‘proq o‘rmonlar borligini bildiradi. Kashfiyot mualliflari ta’kidlashicha, qurg‘oqchil yerlar hissasiga quruqlik yuzasining 40 foizga yaqini to‘g‘ri keladi. Bu joylar daraxtlar o‘sishi uchun muvofiq bo‘lib chiqqan ekan, insoniyatda ushbu o‘rmon maydonlarini saqlab qolish yo‘li bilan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash bo‘yicha yangi imkoniyat paydo bo‘ldi, deyiladi maqolada.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: