Главная » Yangiliklar » Olimlar qadimiy bolta va xanjarlar o‘zga sayyora elementlaridan yasalganini isbotladi
Olimlar qadimiy bolta va xanjarlar o‘zga sayyora elementlaridan yasalganini isbotladi

Olimlar qadimiy bolta va xanjarlar o‘zga sayyora elementlaridan yasalganini isbotladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar qadimiy bolta va xanjarlar o‘zga sayyora elementlaridan yasalganini isbotladi
  • Дата релиза: 07-12-17, 21:35
Olimlar qadimiy bolta va xanjarlar o‘zga sayyora elementlaridan yasalganini isbotladi
Fransiyaning ilmiy tadqiqotlar milliy markazi olimi Alber Jambon bronza asriga oid temir buyumlarning sezilarli qismi meteorit metallaridan tayyorlanganini isbotladi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Jambon Tutanxamonning miloddan avvalgi 1350-yilga mansub bilaguzugi, toji va xanjarini, shuningdek, miloddan avvalgi 1400-yillarga mansub boltaning kimyoviy tahlilini o‘tkazgan.

Tahlil natijalariga ko‘ra, bu barcha buyumlar bronza davrida meteorit temiridan tayyorlangan, uning yakuni miloddan avvalgi 1300—1100-yillarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda temir buyumlar anchagina kamyob bo‘lgan, ularning soni 1200-yillarga kelib ko‘paygan. Jambonning tadqiqoti meteorit temiridan turli xalqlar foydalanganini ham ko‘rsatadi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: