Главная » Yangiliklar » ​Olimlar “Tirik murdalar” qishlog'ini topdi
​Olimlar “Tirik murdalar” qishlog'ini topdi

​Olimlar “Tirik murdalar” qishlog'ini topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Olimlar “Tirik murdalar” qishlog'ini topdi
  • Дата релиза: 05-04-17, 00:04
​Olimlar “Tirik murdalar” qishlog'ini topdi
Angliya yodgorlik va tarixiy binolarni o`rganuvchi Komissiyasi olimlari Sautgempton universiteti bilan hamkorlikda Britaniyadagi qishloqlardan birida yashovchi aholi o`rta asrlarda o`liklarning qayta tirilishiga ishonganliklarini aniqladi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri.
Olimlar XI–XIII asrlarda Yorkshir grafligida mavjud bo`lgan Uarram Persi qishlog`i qoldiqlarini topishdi. Topilgan inson suyaklari yuzasidan tadqiqot ishlari olib borilganda, olimlar mahalliy aholi uzoq yillar davomida dafn etilgan jasad “go`rdan qayta tirilib chiqishiga ishonganliklari” ma`lum bo`ldi. Olimlarning bunday xulosaga kelishiga ba`zi bir jasadlarning boshi tanasidan judo etilgani yoki yoqib yuborilgani sabab bo`ldi. Tadqiqotchilarning fikricha, mahalliy aholi yomon, qasoskor odamlarning qayta tirilishidan, tiriklarga yana yomonlik qilishidan qo`rqqani tufayli shunday yo`l tutishgan. Ularning boshi tanasidan judo etilsa yoki yoqib yuborilsa, jasadlar qayta tirilmaydi, deb hisoblashgan.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: