Главная » Yangiliklar » Olimlar tish protezlarining zarari haqida ma’lum qildi
Olimlar tish protezlarining zarari haqida ma’lum qildi

Olimlar tish protezlarining zarari haqida ma’lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olimlar tish protezlarining zarari haqida ma’lum qildi
  • Дата релиза: 12-12-17, 09:27
Olimlar tish protezlarining zarari haqida ma’lum qildi
Tish protezlaridan foydalanish odamni ovqatdan to‘ymaslikka duchor qiladi. Bunday xulosa London qirollik kolleji olimlari tomonidan aytildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

O‘rnatilgan jag‘ tishlar go‘sht, yong‘oq, tolali meva va sabzavotlarni chaynashga xalaqit beradi. Xuddi shunday muammo qachondir tishidan ayrilib, protez taqmasdan yurgan kishilarda ham kuzatiladi. Olimlarning qayd etishicha, ikkala holatda ham ovqatdan to‘ymaslik sababli mushaklar, suyaklar va bo‘g‘imlar noziklashadi.

Tadqiqotda 1800 dan ortiq kishi ishtirok etgan, ishtirokchilarning o‘rtacha yoshi 62 ni tashkil qilgan. Ular ikki guruhga bo‘lingan va ularning tana massa indeksi hisoblangan, tish teri va suyaklarining holati tahlil qilingan. Natijalar sun’iy tishlarning bo‘lishi ovqatdan to‘ymaslik yoki sinishga moyillikning 32 foizga o‘sishga olib kelishini ko‘rsatgan.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: