Главная » Yangiliklar » ​OLIMLAR YoMON TUSh KO`RISh VA BOSINQIRASh SABABLARINI ANIQLADI
​OLIMLAR YoMON TUSh KO`RISh VA BOSINQIRASh SABABLARINI ANIQLADI

​OLIMLAR YoMON TUSh KO`RISh VA BOSINQIRASh SABABLARINI ANIQLADI

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​OLIMLAR YoMON TUSh KO`RISh VA BOSINQIRASh SABABLARINI ANIQLADI
  • Дата релиза: 16-08-17, 17:48
​OLIMLAR YoMON TUSh KO`RISh VA BOSINQIRASh SABABLARINI ANIQLADI
Olimlar yomon tush ko`rish va bosinqirash sabablarini aniqlashdi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ular bu haqda odamlarni ogoh etishga qaror qilishdi. Britaniyalik olimlar ommaviy ravishda kuzatuv o`tkazib, aholining qo`rqinchli tush ko`rish sabablarini aniqlashdi. Tadqiqot jarayonida mazkur muammoni o`rgangan olimlar 800 ga yaqin kuzatuv va so`rovnomalar o`tkazishdi.

Tadqiqotda ishtirok etishga rozi bo`lgan odamlardan maxsus anketalarni to`ldirish talab etildi. Ishtirokchilar har bir hujjatda bir kunda necha soat uxlashi, uyqu tartibi va bosinqirash sodir bo`lish jarayoni haqida ma`lumot berdi. Yaqinda qo`rqinchli tush ko`rgan va stressga uchragan odamlarga katta e`tibor qaratildi.

So`rovnoma tahlilidan keyin sutka davomida 9 soatdan ko`proq uxlagan odamlar tez-tez bosinqirab, qo`rqinchli tush ko`rganligi ma`lum bo`ldi. Olimlar qo`rqinchli tush ko`rish xavotir bilan bog`liqligini ta`kidlashdi. Shularni hisobga olib, olimlar odamlarga 9 soatdan ortiq uxlamaslikni, vaqtida uxlab, vaqtida turishni maslahat berishdi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: