Главная » Yangiliklar » Olmaota metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Olmaota metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Olmaota metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olmaota metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
  • Дата релиза: 04-04-17, 12:09
Olmaota metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi
Sankt-Peterburg metropolitenidagi portlash munosabati bilan, Olmaota metrosida xavfsizlik choralari kuchaytirildi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.

Yo‘lovchilarni tekshirish bo‘yicha profilaktika choralari 3-aprel kuni kechki tig‘iz paytda kuchaytirildi va ayni paytgacha saqlanib qolmoqda.

“Olmaota metropoliteni” matbuot xizmati ma’lum qilishicha, birinchi navbatda kuzatish nazorati kuchaytirilgan. Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkiliy tadbirlar olib borilmoqda.

Maxsus uskunalar — metall detektori, rentgen-televizion arkalar yordamida nafaqat qo‘l yuki bo‘lgan yo‘lovchilar, balki mutlaqo barcha yo‘lovchilar tekshirilmoqda.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: