Главная » Yangiliklar » Olti hafta tuzli suv ostida qolib ketgan Sony Xperia Z2 smartfoni hali ham ishlamoqda
Olti hafta tuzli suv ostida qolib ketgan Sony Xperia Z2 smartfoni hali ham ishlamoqda

Olti hafta tuzli suv ostida qolib ketgan Sony Xperia Z2 smartfoni hali ham ishlamoqda

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Olti hafta tuzli suv ostida qolib ketgan Sony Xperia Z2 smartfoni hali ham ishlamoqda
  • Дата релиза: 13-08-14, 21:41
Olti hafta tuzli suv ostida qolib ketgan Sony Xperia Z2 smartfoni hali ham ishlamoqda

Sony suv o‘tkazmas mobil qurilma ishlab chiqaruvchi ilk kompaniyalardan bir hisoblanadi. Kompaniyaning Xperia Z2 smartfoni suv o‘tkazmas qilib ishlangan va qoidaga ko‘ra uni 1,5 metr suv ostida, yarim soatgacha saqlash mumkin. Biroq, u olti hafta tuzli suv ostida qolib ketdi va hamon ishlamoqda. Bu haqda Phonearena.com sayti ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.

 Shvetsiyalik Aleksandr Maxen suvda uchish ta’tilini o‘tkazayotgan paytida Xperia Z2 smartfoni suvga tushib ketadi. Suvning chuqurligi 10 metr bo‘lgani bois smartfonni suvdan olib chiqishning iloji bo‘lmaydi.

 Aleksandr smartfoniga qo‘ng‘iroq qilib ko‘radi va 10 metr suv ostidagi smartfon ishlayotganiga guvoh bo‘ladi. Oradan olti hafta o‘tgach Aleksandrning do‘sti akvalang kiyimida o‘sha smartfonni suv ostidan olib chiqadi.

Qutqarilgan smartfonning shishadan qilingan orqa qismi singan va batareyasi butkul tugagan edi. Smartfonni qayta zaryadlashganda, u to‘liq quvvatlanib, yana avvalgidek ishlashda davom etadi.

 Eslatib o‘tamiz, Sony Xperia Z2 smartfoni O‘zbekistonda sotilayotgan eng qimmat smartfonlar sirasiga kiradi.

Логин:
Пароль: