Главная » Yangiliklar » ​Omsklik erkak 13 yoshli qizni garovga oldi
​Omsklik erkak 13 yoshli qizni garovga oldi

​Omsklik erkak 13 yoshli qizni garovga oldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Omsklik erkak 13 yoshli qizni garovga oldi
  • Дата релиза: 01-02-17, 22:42
​Omsklik erkak 13 yoshli qizni garovga oldi

Rossiyaning Omsk shahrida jinoyatchi erkak 13 yoshli qizni garovga oldi, deb xabar berdi “1tv.ru” nashri.


Omskda pichoq bilan qurollangan erkak kampir va nevarasi o`tirgan uyga bostirib kirdi. Keksa ayol uydan qochib chiqib, odamlarni yordamga chaqirishga muvaffaq bo`ldi. Qiz esa uyda, jinoyatchi bilan qoldi. Shu orada qiz polisiyaga qo`ng`iroq qilishga ulgurdi. Voqea joyiga etib kelgan Rosgvardiya jangchilari va polisiyachilar qizning tomog`iga pichoq tirab, giyohvandlik moddasi topib berishni talab qilayotgan erkakni qurolsizlantirib, qo`lga oldi. 41 yoshli erkak mahalliy fuqarolardan biri bo`lib, ilgari ham sodir etgan jinoyatlari uchun sudlangani ma`lum bo`ldi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi, qiz hech qanday tan jarohati olmadi.
Логин:
Пароль: