Главная » Yangiliklar » Onasi 60 ta mushuk bilan yashashga majburlagani uchun o‘spirin o‘z joniga qasd qildi
Onasi 60 ta mushuk bilan yashashga majburlagani uchun o‘spirin o‘z joniga qasd qildi

Onasi 60 ta mushuk bilan yashashga majburlagani uchun o‘spirin o‘z joniga qasd qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Onasi 60 ta mushuk bilan yashashga majburlagani uchun o‘spirin o‘z joniga qasd qildi
  • Дата релиза: 22-08-14, 22:59
Onasi 60 ta mushuk bilan yashashga majburlagani uchun o‘spirin o‘z joniga qasd qildi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘smir bolani o‘z joniga qasd qilishgacha olib borish holati bo‘yicha jinoyat ishi tergov qilinmoqda, deya xabar berdi Vesti.ru. 16 yoshli yigit derazadan sakrab o‘z hayotiga nuqta qo‘ygan. Tergov o‘spirinning onasi bilan murakkab munosabatlari uni bunday qilishga undaganini ko‘rsatmoqda. Yigitning onasi xonadonida 60 ta mushuk va to‘rtta itni boqqan.

 O‘spirinning balandlikdan qulab tushganlik belgilariga ega jasadi ularning uyi yonidan topilgach, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining “O‘z joniga qasd qilishga majburlash” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Unda eng asosiy gumondor marhumning 43 yoshli onasi bo‘ldi.

 “Gumonlanuvchi uzoq vaqt davomida o‘g‘lining ehtiyojlari bilan hisoblashmasdan, uni 60 ta mushuk va 4 ta it boqilayotgan, sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda yashashga majbur qilgan”, — dedi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi Sankt-Peterburg Bosh tergov boshqarmasidagilar. Ularning aniqlik kiritishicha, ona va o‘g‘il shu tufayli tez-tez janjallashib turgan. Yigit o‘z joniga qasd qilish haqida bir necha bora ogohlantirgan, biroq ona bunga e’tibor bermagan.

 2014-yil 1-avgust kuni esa o‘spirin onasidan yana bir bora uyni tartibga keltirishni so‘ragan. “Ayol bu iltimosni rad etgan, shundan so‘ng bola o‘z joniga qasd qilgan”, — deya ta’kidlashdi tergov boshqarmasidagilar.

 Tergovchilar hodisa bilan bog‘liq vaziyatlarni belgilab, gumonlanuvchiga nisbatan ayblov e’lon qilish va jazo tayinlash masalalari ustida ish olib bormoqda.

Логин:
Пароль: