Главная » Yangiliklar » ​Opera xonandasi Shirin Mamatovaga davlat tomonidan uy berildi
​Opera xonandasi Shirin Mamatovaga davlat tomonidan uy berildi

​Opera xonandasi Shirin Mamatovaga davlat tomonidan uy berildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Opera xonandasi Shirin Mamatovaga davlat tomonidan uy berildi
  • Дата релиза: 05-04-17, 10:49
​Opera xonandasi Shirin Mamatovaga davlat tomonidan uy berildi
O`zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi, O`zbekiston Respublikasining "Davlat uy-joy fondini hususiylashtirish to`g`risida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 yanvardagi "Xizmat turar joylari berish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 24-son qaroriga asosan hamda Madaniyat vazirligi markaziy apparati va tasarrufdagi korxona, tashkilot, muassasalarda faoliyat olib borayotgan xodimlarga xizmat turar joylarini berish to`g`risidagi buyrug`iga asosan Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston davlat akademik katta teatri hamda O`zbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi xodimlariga Yunusobod tumanining 17-mavzesidan birdan to`rt xonagacha bo`lgan bepul turar uy-joylar ajratilgani haqida xabar bergan edik.

Yangi uyga ega bo`lganlar orasida taniqli opera xonandasi Shirin Mamatova ham bor.

Yangi uyning kaliti Shirin Mamatova ko`plab mamlakat va xorijiy miqyosdagi tanlovlarda yuqori natijalarga erishib, O`zbekiston opera san`atining rivojiga munosib hissasini qo`shgani uchun topshirildi.
Логин:
Пароль: