Главная » Yangiliklar » Oyda 2019-yilda mobil aloqa ishga tushiriladi
Oyda 2019-yilda mobil aloqa ishga tushiriladi

Oyda 2019-yilda mobil aloqa ishga tushiriladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Oyda 2019-yilda mobil aloqa ishga tushiriladi
  • Дата релиза: 01-03-18, 09:03
Oyda 2019-yilda mobil aloqa ishga tushiriladi
Oy mobil aloqa bilan qoplangan birinchi zonaga 2019-yilda ega bo‘ladi. Bu Yerga yuqori aniqlikdagi axborotni uzatish imkonini beradi, deb yozadi Reuters.

Mobil aloqa xususiy manbalar tomonidan moliyalashtiriluvchi Oy missiyasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihaning bir qismidir.

Loyihani Vodafone Germany amalga oshiradi, Nokia kompaniyasi unga sheriklik qiladi. U Yerning yo‘ldoshida mobil aloqani ta’minlab turuvchi kichik texnologik qurilmalarni ishlab chiqadi.

“Ushbu loyiha mobil tarmoq infratuzilmasini rivojlantirishga keskin innovatsion yondashuvlarni ko‘zda tutadi”, — dedi Vodafone Germany ijrochi direktori.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: