Главная » Yangiliklar » ​Oylik yo`l chiptasini xarid qilganlar “Malibu” va 2 xonali uy egasi bo`lishlari mumkin
​Oylik yo`l chiptasini xarid qilganlar “Malibu” va 2 xonali uy egasi bo`lishlari mumkin

​Oylik yo`l chiptasini xarid qilganlar “Malibu” va 2 xonali uy egasi bo`lishlari mumkin

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Oylik yo`l chiptasini xarid qilganlar “Malibu” va 2 xonali uy egasi bo`lishlari mumkin
  • Дата релиза: 18-05-17, 10:51
​Oylik yo`l chiptasini xarid qilganlar “Malibu” va 2 xonali uy egasi bo`lishlari mumkin
“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Xosil Xalmatov o`z raisligida o`tkazgan kengaytirilgan majlisdategishli idoralar bilan kelishgan holda va qonun doirasida, yo`lovchilarning oylik yo`l chiptasidan foydalanishlarini ommalashtirish, oylik yo`l chiptalarining sotilishini ko`paytirish masalalarini ko`rib chiqdi.

Ushbu maqsadlarda 10 minginchi oylik yo`l chiptasi egasiga mikroto`lqinli pech, 30 minginchiga – televizor, 50 minginchiga – muzlatgich, 100 minginchiga – “Matiz” avtomobili, 150 minginchiga – “Neksiya-3” avtomobili, 200 minginchiga – “Malibu” avtomobili, 300 minginchiga – “Kaptiva” avtomobili, 500 minginchiga – ko`p qavatli uylardan 2 xonali xonadon yutuq sifatida berilishi bo`yicha taklif ishlab chiqishni topshirdi. Bu esa o`z navbatida aholini moddiy rag`batlantirishga jamiyatning hissasi ham qo`shilishini, ularni shahar yo`lovchi transportidan foydalanishga yanada undashini ta`kidladi.

“Toshshahartransxizmat” AJ boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi X.Xalmatov tomonidan yuqoridagi vazifalarni amalga oshirish hamda shahar yo`lovchi transportining ishini yanada yaxshilash, boshqaruv va ish olib borish tizimini tubdan o`zgartirish, sohani rivojlantirish bo`yicha asoslangan takliflar kiritish yuzasidan korxona rahbarlariga 10 kun muddat berildi.

Mazkur vaqt ichida o`ziga yuklatilgan vazifalarni uddalay olmagan korxona rahbarining egallab turgan lavozimiga loyiqlik masalasi ko`rib chiqilishi ta`kidlab o`tildi, deb yozadi "Toshshahartransxizmat" AJ axborot xizmati.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: