Главная » Yangiliklar » Ozodbek Nazarbekov birinchi marta Irkutskda konsert beradi
Ozodbek Nazarbekov birinchi marta Irkutskda konsert beradi

Ozodbek Nazarbekov birinchi marta Irkutskda konsert beradi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ozodbek Nazarbekov birinchi marta Irkutskda konsert beradi
  • Дата релиза: 24-06-14, 11:29
Ozodbek Nazarbekov birinchi marta Irkutskda konsert beradi
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov birinchi marta Irkutskda konsert beradi. Bu haqda 12news.uz xabar berdi.

“Vesti-Irkutsk” yangiliklar dasturida aytilishicha, uning konsertiga chiptalar allaqachon sotilib bo‘lgan.

Nazarbekov “Irkutsk” davlat teleradiokanaliga bergan intervyusida uning konsertiga turli millat vakillari tushayotganidan mamnunligini bildirdi. “San’at chegara bilmaydi. San’at til ajratmaydi. San’atning kuchi mana shunda”, — dedi u.

Qo‘shiqchining rasmiy saytida keltirilishicha, 14-iyun kuni Sankt-Peterburgda boshlangan Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab gastrol safari 5-iyul kuni Kaliningradda tugaydi. Irkutskdagi konsert esa 24-iyunda bo‘lib o‘tadi.
Логин:
Пароль: