Главная » Yangiliklar » ​Ozodbek Nazarbekov Davlat tashkilotlari tadbirlarida bepul xizmat ko`rsatishga qarshiligini ma`lum qildi
​Ozodbek Nazarbekov Davlat tashkilotlari tadbirlarida bepul xizmat ko`rsatishga qarshiligini ma`lum qildi

​Ozodbek Nazarbekov Davlat tashkilotlari tadbirlarida bepul xizmat ko`rsatishga qarshiligini ma`lum qildi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Ozodbek Nazarbekov Davlat tashkilotlari tadbirlarida bepul xizmat ko`rsatishga qarshiligini ma`lum qildi
  • Дата релиза: 08-06-17, 15:43
​Ozodbek Nazarbekov Davlat tashkilotlari tadbirlarida bepul xizmat ko`rsatishga qarshiligini ma`lum qildi
O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov san`atkorlar xizmatidan tekin foydalanadigan davlat tashkilotlariga pul o`tkazish yo`li bilan san`atkorlar xizmatidan foydalanishni yo`lga qo`yishni taklif qildi.

U bunday taklif bilan 2 iyun kuni “O`zbekkonsert” tashkilotida bo`lgan majlisda chiqdi, deb yozadi 1news.uz nashri. Vazirlikdagi mulozim ushbu taklifni to`liq qo`llab-quvvatlashini aytdi.

O`z chiqishida xonanda, xususan, prokuratura va boshqa davlat muassasalari amaldorlarining o`z bazmlarida xonandalar xizmatidan bepul foydalanish ustiga, do`q urib san`atkorlarni obro`sizlantirishi haqida shikoyat qildi.

“Davlat tashkilotlari oldida san`atkorlarning hurmati yo`q. Davlat tadbirlari haqida gapirmayapman. Tashqi ishlar vazirligida tadbir qiladi yoki prokuraturada oddiy o`tirish qiladi, masalan, Navro`zga o`tiradi, nonni pulga oladi, suvni pulga oladi, restoranni pulga zakaz qiladi va san`atkor tekinga borishi kerak. Hurmat ham shunga yarasha bo`ladi”, - dedi Nazarbekov.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: