Главная » Yangiliklar » ​Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas
​Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas

​Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas
  • Дата релиза: 22-05-17, 19:00
​Ozodbek Nazarbekov: Demokratiya — ishtonni echib sahnaga chiqish, degani emas
O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ba`zi estrada xonandalarining sahnaga ochiq-sochiq kiyinib chiqishiga munosabat bildirib, bu kabi holatlar oldini qanday olish mumkinligi haqida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi. Bu haqda «Sayyod.com» nashriga tayanib, «Daryo.uz» xabar berdi.

«San`atkorlarning ochiq-sochiqligi va yalang`ochlashib ketayotganiga faqat ma`rifat bilan kurashish kerak, boshqa yo`li yo`q. Zo`rlik bilan taqiqlab bo`lmaydi. Taqiqlasa ham, to`g`ri tushunmayotgan holatlar, ‘Demokratik davlatda yashayotgandik-ku’ qabilidagi e`tirozli vaziyatlar bo`lyapti», — dedi Ozodbek Nazarbekov.

«To`g`ri, lekin demokratiya ekan deb, o`z singlingni qo`shningni singlisiga erga bermaysan-ku, chek-chegara bo`lishi kerak-ku. Demokratiya ham mentalitetdan kelib chiqqan holda, qadriyatlarni saqlagan holatda bo`lishi kerak. Demokratiya — ishtoningni echib, sahnaga chiqaver, degani emas», — dedi xonanda.

«Har millatning o`z rangi, dunyoqarashi, tushunchalari va talablari bor. Qadriyatlarisiz millat o`zini yo`qotadi. Agar tarallabedodlik qilishga qo`yib berilsa, butun boshli millat o`z rangini, o`zini yo`qotishi mumkin», — deya qo`shimcha qildi O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: