Главная » Yangiliklar » Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan ilk talabi haqida gapirdi
Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan ilk talabi haqida gapirdi

Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan ilk talabi haqida gapirdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan ilk talabi haqida gapirdi
  • Дата релиза: 03-07-17, 21:48
Ozodbek Nazarbekov shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan ilk talabi haqida gapirdi
Bugun, 3 iyul kuni Xalqaro Press-klubning “O`zbekistonda yoshlar siyosati: dolzarb masalalarga zamonaviy yondashuv” deb nomlangan navbatdagi sessiyasi bo`lib o`tmoqda.

Sessiyaning birinchi qismida Yoshlar Ittifoqi tashkiloti raisi Qahramon Quronboev, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vaziri Inom Majidov, Xalq ta`limi vazirining birinchi o`rinbosari Sobitxon Turg`unov, O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari, xotin-qizlar qo`mitasi raisi Tanzila Norboeva, O`zbekiston va Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdi.

Ozodbek Nazarbekov o`z nutqida bugungi yoshlar haqida gapirar ekan, quyidagilarni aytib o`tdi:

“Bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar behisob. Avvallari biz ustozlarning xizmatini qilib, ko`rsatma, yo`l-yo`riq olardik. Hozirgi yoshlarlarning esa orqasidan yugurib ham aytganimizni qildirolmaymiz. Masalan, men oldimga shogirdlikka keluvchilarga qo`yadigan birinchi talabim 2 oy ichida 4 ta adabiyot o`qib chiqish. Lekin, ko`pchilik yoshlar bu talabimni bajara olmaydi. Kim adabiyot o`qimasa, u san`atni ham tushuna olmaydi”.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: