Главная » Yangiliklar » Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi
Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi

Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi
  • Дата релиза: 05-01-18, 21:42
Ozodbek Nazarbekov: To‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qoldi
Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi 1-sonli musiqa va san’at maktabida madaniyat sohasida erishilgan yutuqlar va mavjud kamchiliklar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Unda Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov, viloyatdagi bolalar musiqa va san’at maktabi rahbarlari hamda joylardagi madaniyat muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Ozodbek Nazarbekov so‘zga chiqib, bugungi kunda to‘ylarda milliy musiqa san’ati namunalari emas, xorijiy qo‘shiqlar yangrayotganini tanqid ostiga oldi.

Joylarda to‘ylarni mutaxassislar, mahalla vakillari emas, qandaydir noma’lum tashkilotchilar boshqaryapti. Nega to‘ylarda milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’atimiz durdonalari ijro etilmayapti? To‘ylarda asosan fono­gramma asosidagi ijrolarga keng o‘rin berilyapti. To‘y – bu bizning asrlar osha yashab kelayotgan ibratli an’ana va udumlarimiz aks etadigan tadbir sanaladi. To‘ylarga odamlar aslida to‘y egalarini qutlash, dil istaklarini bildirish, qadrdonlari, yaqinlari bilan diydorlashish, madaniy hordiq chiqarish uchun boradi. Lekin keyingi paytlarda to‘ylardagi milliy qadriyatlarimiz yo‘qolib ketyapti. To‘ylarga odam­lar, ayniqsa, ayollar istagan kiyimlarida – ochiq-sochiq liboslarda borishyapti, qandaydir xorijiy yoki ma’naviyatimizga to‘g‘ri kelmaydigan, matni g‘aliz, tushunarsiz, zamonaviy qo‘shiqlarni eshityapti. Qisqa qilib aytganda, to‘ylar “ommaviy madaniyat”ni targ‘ib etuvchi tadbirga aylanib qolmoqda. Bu narsalarga chek qo‘yish vaqti keldi.

Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: