Главная » Yangiliklar » Ozodbek Nazarbekov: “Yoshlar” telekanalini katta o‘zgarishlar kutmoqda va bu o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi
Ozodbek Nazarbekov: “Yoshlar” telekanalini katta o‘zgarishlar kutmoqda va bu o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi

Ozodbek Nazarbekov: “Yoshlar” telekanalini katta o‘zgarishlar kutmoqda va bu o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Ozodbek Nazarbekov: “Yoshlar” telekanalini katta o‘zgarishlar kutmoqda va bu o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi
  • Дата релиза: 05-07-17, 00:08
Ozodbek Nazarbekov: “Yoshlar” telekanalini katta o‘zgarishlar kutmoqda va bu o‘zgarishlar juda tez bo‘ladi
Xalqaro press-klubning yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan 3-iyuldagi anjumanida O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanali yangi rahbari — O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov ham qatnashdi. Xonanda rahbarligidagi telekanalda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqidagi savol tadbirning eng kutilgan ham qiziqarli lahzalaridan biri bo‘ldi.

Ozodbek Nazarbekov savolga javob berarkan, “Buning televideniyega nima aloqasi bor?”, deya ushbu tayinlanuvni tanqid qilayotganlarga ham munosabat bildirib o‘tdi.

22 yoshli Alisher Sa’dullayevning vazir o‘rinbosari etib tayinlanishi voqeasi kabi, men haqimda ham: “Buning televideniyega nima aloqasi bor?”, degan gaplar bo‘lyapti. Tosh otish — eng oson ish. Tosh otish uchun u odam haqida hech narsa bilmaslikning o‘zi yetadi.

Ancha yillardan beri, san’atning qaysi yo‘nalishi bo‘lishidan qat’iy nazar, sohadagi kamchilik va yutuqlarni o‘zim tabiiy ravishda, ehtimol kasb taqozosi bilan, beixtiyor kuzatib kelaman. “Yoshlar” telekanalini juda katta o‘zgarishlar kutyapti. Juda ham katta o‘zgarishlar! Buni yaqin kunlarda muxlislar seza boshlaydi.

“Yoshlar” telekanaliga rahbarlikka tayinlanishim men uchun kutilmagan taklif bo‘ldi, shunday bo‘lsa-da, kuzatishlarim davomida o‘ylab qo‘ygan ma’lum bir rejalarim, fikrlarim, loyihalarim bor edi. Telekanaldagi o‘zgarishlar sekin-sekin emas, juda tez bo‘ladi.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti, “Yoshlar” telekanali rahbari

Muhokama davomida Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyevga murojaat qilib, turli tizimlar rahbarlari ishtirokida yoshlar muloqoti, ko‘rsatuvlar uyushtirishda, yoshlar: “Menda shunday muammo bor!”, deb chiqqan tok-shoularda mas’ullar ishtirokini ta’minlashda yordam ko‘rsatishni iltimos qildi.
Yoshlar Press-klubi tashkil etilyapti. Ozodbek aytayotgan narsalar uchun sahna aynan shu press-klub bo‘ladi. Xudo xohlasa, bu loyihani birgalikda amalga oshiramiz.

Qahramon Quronboyev, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi

Eslatib o‘tamiz, Ozodbek Nazarbekov faoliyati tugatilgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati qurultoyi vaqtida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga asosan O‘zMTRKning “Yoshlar” telekanali rahbari etib tayinlanishi ma’lum qilingan edi.
Manba: Daryo.uz
Логин:
Пароль: