Главная » Yangiliklar » ​Paleontologlar 300ming yillik inson jasadi qoldiqlarini topdi
​Paleontologlar 300ming yillik inson jasadi qoldiqlarini topdi

​Paleontologlar 300ming yillik inson jasadi qoldiqlarini topdi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Paleontologlar 300ming yillik inson jasadi qoldiqlarini topdi
  • Дата релиза: 08-06-17, 15:44
​Paleontologlar 300ming yillik inson jasadi qoldiqlarini topdi
Zamonaviy Homo sapiens’lar Er yuzida biz o`ylagandan ko`ra, ilgariroq paydo bo`lgani ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Marokashlik paleontologlar ana shunday xulosaga keldi. Ular qadimiy odam jasadi qoldiqlarini topdi. O`tkazilgan tekshirishlar natijasida jasadning dafn etilganligiga 300 ming yildan ortiq vaqt bo`lganligi aniqlandi. Ilgarilari odamning paydo bo`lganiga 200 ming yil bo`lgan, deb hisoblanardi. Jasadning bosh chanog`ini o`rgangan tadqiqotchilar ilk Homo sapiens’lar hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaganligini, faqatgina bo`ylari sal pastroq bo`lib, boshi sal cho`ziqroq bo`lganini aniqladi. Qadimiy inson jasadi Marokashning shimoliy-g`arbiy hududida joylashgan Jebel-Irxud qishlog`idan topildi. Bu topilma inson evolyusiyasi haqidagi tushunchalarni butunlay ostin-ustin qilib yuborishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: