Главная » Yangiliklar » Pan Gi Mun Nyu-Yorkda Solar Impulse 2 uchuvchilari bilan uchrashadi
Pan Gi Mun Nyu-Yorkda Solar Impulse 2 uchuvchilari bilan uchrashadi

Pan Gi Mun Nyu-Yorkda Solar Impulse 2 uchuvchilari bilan uchrashadi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: Pan Gi Mun Nyu-Yorkda Solar Impulse 2 uchuvchilari bilan uchrashadi
  • Дата релиза: 12-06-16, 22:39
Pan Gi Mun Nyu-Yorkda Solar Impulse 2 uchuvchilari bilan uchrashadi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun 13-iyun, dushanba kuni quyosh batareyalaridagi Solar Impulse 2 samolyotida dunyo bo‘ylab sayohat qilayotgan shveysariyalik aeronavtlar Andre Borshberg va Andre Pikar bilan uchrashadi. Uchrashuv Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomidagi aeroportda bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan, deb xabar beradi “TASS”. Aprel oyida, Gavayi shtatidan Kaliforniyaga parvoz chog‘ida Pan Gi Mun uchuvchilardan biri — Pikar bilan videomuloqotda bo‘lgan va aeronavtlarni “tarix yaratayotgan shaxslar” deb atagandi. O‘z navbatida, Pikar o‘tgan yil oxirida BMT shafe’ligida 175 davlat vakillari tomonidan iqlim bo‘yicha kelishuvga erishilganiga yuqori baho bergandi. Eslatib o‘tamiz, Pensilvaniya shtatidan uchgan Solar Impulse 2 samolyoti 11-iyun, shanba kuni Nyu-Yorkdagi Jon Kennedi nomli aeroportga qo‘ndi.
Логин:
Пароль: