Главная » Yangiliklar » ​Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi
​Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi

​Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi

  • Категории: Yangiliklar
  • Название: ​Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi
  • Дата релиза: 30-06-17, 13:48
​Parij machiti yoniga o`rnatilgan to`siq odamlarni terrorchi hujumidan asradi
Kecha Parij yaqinida joylashgan Kretey shahridagi machitga kelgan odamlarga avtomashinada hujum qilmoqchi bo`lgan terrorchining niyati amalga oshmadi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.

Avtomashina haydovchisi machitdan chiqayotgan odamlarni avtomashina bilan bosishga harakat qildi. Ammo machit atrofiga o`rnatilgan to`siq tufayli u maqsadiga etolmadi. Avtomashina haydovchisi pachoqlangan avtomobilini tashlab, voqea joyidan yashirindi. Oradan ko`p o`tmay, avtomashina haydovchisi uyida qo`lga olindi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi. Qo`lga olingan haydovchining ismi-sharifi oshkor etilmadi. U o`zining bu xatti-harakatini “Elisey maydonida ro`y bergan terakt uchun qasos”, deb atadi.
Manba: Darakchi.uz
Логин:
Пароль: